Arlev Neo
Qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi
Biologik faol qo'shimcha
Tarkibi: bitta sashe paket (5 g.) – uzida saqlaydi:
№ |
Faol moddalar |
Dozasi |
1 |
L-arginin |
2000 mg |
2 |
L-karnitin |
1500 mg |
3 |
С vitamini |
250 mg |
4 |
E vitamini |
35 mg |
5 |
Zn+2 rux |
25 mg |
6 |
J+1 yod |
0,05mg |
7 |
Se+2 selen |
0,02mg |
Vosita o'ziga xos limon ta'm va xidli, oq yoki sargimtir tusli och jigarrang , g'ovak-g'ovaksimon modda ko'rinishiga ega.
Arlev Neo asosiy ta'sir etuvchi modda sifatida levokarnitin va arginin gidroxloridi aminokislotalarini saqlaydi.
Arginin azot oksidi hosil bo'ladigan aminokislotadir, bu qon tomirlarining kengayishiga va natijada qon aylanishining yaxshilanishiga va to'qimalarning kislorod bilan to'yinganligiga ta'sir qiladi. BFQ tashkil etadigan bakteriyalar tanadagi biokimyoviy jarayonlarga foydali ta'sir ko'rsatadigan tabiiy antibiotiklar, vitaminlar va organik kislotalarni ishlab chiqaradi.
Arginin antigipoksik, membranani barqarorlashtiruvchi, tsitoprotektor, antioksidant, antiradikal, dezintoksikasion ta'sir ko'rsatadi, moddalarning oraliq almashinuv va energiya bilan ta'minlash jarayonlarini faol regulyatori sifatida namoyon bo'ladi, organizmda gormonal balansni tutib turishda ma'lum rol o'ynaydi. Ma'lumki, arginin qonda insulin, glyukagon, somatotrop gormon va prolaktin miqdorini oshiradi, prolin, poliamin, agmatin sintezida ishtirok etadi, fibrinogenoliz, spermatogenez jarayonlariga kirishadi, membranani qutbsizlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
Arginin endoteliositlarda azot oksidi sintezini katalizasiya qiluvchi NO-sintaza-fermentining substrati hisoblanadi. Vosita guanilatsiklazani faollashtiradi va qon tomirlar endoteliysida tsiklik guanindimonofosfat (sGMF) miqdorini oshiradi, trombositlar va leykositlar faolligi va qon tomirlar endoteliysiga adgeziyasini kamaytiradi, adgeziyalovchi proteinlar VCAM-1 va MSR-1 sintezini susaytiradi va shu bilan aterosklerotik blyashkalarning hosil bo'lishi va rivojlanishini oldini oladi, qon tomirlari devoridagi silliq miositlar migrasiyasi va proliferasiyasining stimulyatori va kuchli vazokonstiktor bo'lgan endotelin-1 sintezini susaytiradi. Arginin,shuningdek oksidativ stressning kuchli endogen stimulyatori – assimetrik dimetilarginin sintezini susaytiradi. Preparat T-xujayralarni ishlab chiqaruvchi ayrisimon bezining faoliyatini rag'batlantiradi, jismoniy zo'riqish vaqtida qondagi glyukoza miqdorini boshqaradi. Kislota hosil qiluvchi ta'sir ko'rsatadi va kislota-ishqor muvozanatini muvofiqlashtirilishiga olib kelishiga yordam beradi.
Levokarnitin uzun zanjirli yog'kislotalarini, ularni keyinchalik beta oksidlanishi va energiya hosil qilishi uchun mitoxondriyaga tashilishi uchun zarurdir. Yog'kislotalari miyadan tashqari barcha to'qimalarda energetik substrat hisoblanadi. Skelet mushaklari va miokardda yog'kislotalari energiyani olinishi uchun asosiy substrat hisoblanadi.
Yog'kislotalarining oksidlanishi levokarnitinning etarli miqdorda bo'lishiga bog'liqligi sababli, bu modda yurak metabolizmida muhim rol o'ynaydi. Eksperimental tadqiqotlar, stress, o'tkir ishemiya, miokardit, kabi ba'zi holatlarda miokard to'qimasida levokarnitin darajasini kamayishi mumkinligini ko'rsatdi. Hayvonlarda juda ko'p tadqiqotlar o'tkazilgan bo'lib, ularda turli induktsiya qilingan kardial buzilishlarda: o'tkir va surunkali ishemiya, yurak faoliyatini dekompensasiyasi, miokardit natijasidagi yurak etishmovchiligi, medikamentoz kardiotoksiklik (taksanlar, Adriamisin va boshqalar) da levokarnitinning ijobiy ta'siri tasdiqlangan.
Levokarnitin spermatozoidlarning sonini va harakatchanligini oshiradi, ularning etilishini rag'batlantiradi va ularning atipik (patologik) shakllarining sonini kamaytirishga yordam beradi.
Rux homiladorlik paytida eng zarur elementlardan biridir. Bu genetik apparatning ishlashi uchun zarur, u hujayra yadrosining shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek hujayralar o'sishi va bo'linishi uchun zarurdir. Rux nuklein kislotalar, oqsillar, yog'lar va uglevodlar sintezini tartibga solishda ishtirok etadi. Ruxni qabul qilish erta plasenta buzilishining, tug'ilishning murakkabligini, bolaningtug'ma nuqsonlarini va boshqa muammolarni oldini olishga yordam beradi.
E vitamini oqsillar, yog'lar va uglevodlar metabolizmi uchun zarur bo'lgan to'qimalarning kislorod bilan to'yinganligini yaxshilaydi. Bundan tashqari E vitaminining antioksidant funktsiyasi muhim ahamiyatga ega, shuning uchun u hujayralarni erkin radikallarning zararli ta'siridan himoya qiladi. E vitaminining etishmasligi (gipovitaminozi) ayollardadoimiy ravishda mushaklarning kuchsizligini, og'riqni his qilishi va o'z-o'zidan vaktidan avval xomiladan ajralishi kabi muammolar bo’lishi mumkin. Onaning tanasida E vitaminining etishmasligi erta tug'ilgan chaqaloqlarga ta'sir qilishi mumkin - ular ko'rish qobiliyati va gemolitik anemiyaga ega bo'lishi mumkin.
C vitamini kollagen (qon tomirlari va suyak to'qimalari devorlarining asosiy biriktiruvchi elementi) sintezini qo'llab-quvvatlaydi, xolesterin metabolizmida, uglevod almashinuvida va ko'plab muhim biokimyoviy reaktsiyalarda ishtirok etadi. S vitamini kapillyarlarni mustahkamlaydi va yallig'lanishga qarshi xususiyatlarga ega. S vitamini etishmasligi membranalarning erta yorilishiga olib kelishi mumkin.
Selen ko'p fermentlar tarkibiga kiradi, shu jumladan unumdorlikni oshiradigan (homilador bo'lish qobiliyati). Selen etishmovchiligi gormonal nomutanosiblikka, og'ir metallarning toksik ta'sirining kuchayishigaolib kelishi mumkin.
BFQ tashkil etadigan bakteriyalar tanadagi biokimyoviy jarayonlarga foydali ta'sir ko'rsatadigan tabiiy antibiotiklar, vitaminlar va organik kislotalarni ishlab chiqaradi. Probiotik bakteriyalarning ichak infektsiyalari patogenlariga qarshi antagonistik ta'siri ichakmikroflorasini normallashtirishga va inson immunitetini mustahkamlashga yordam beradi. Qo'shilgan vitaminlar va minerallar tanadagi etishmovchilikni qoplaydi.
Qo'llanilishi
• Yurak ishemik kasalligida;
• O'tkir infarkt miokardini boshdan kechirgandan keyingi tuzalish davrida;
• Psixoemosional zo'riqishlarda, kattalarda uzoq va intensiv jismoniy zo'riqishlarda majmuaviy davolashda;
• Ishchanlikni oshirish, jismoniy zo'riqishga nisbatan chidamlilikni oshirish va charchoqni kamaytirish, shu jumladan yoshi katta insonlarda;
• Kasalliklardan keyingi sog'ayish davri va jarrohlik amaliyotlaridan keyin, shikastlanish jarohatlarda, shu jumladan to'qimalarning qayta tiklanishini tezlashtirishda;
• Karnitin etishmovchiligidan kelib chikuvchi kasalliklarda yoki ko'p miqdorda yuqotishda (miopatiya, kardiomiopatiya, mitoxondrial etishmovchilik);
• Tezlik va og'irlik ko'rsatgichlari va xarakatlar koordinasiyasini oshirish uchun, quruq mushak massasini oshirish va yog'massasini kamaytirish uchun, jismoniy zo'riqishdan keyingi qayta tiklanish jarayoni, travmatik shikastlanishlardan keyin mushaklarning qayta tiklanishini tezlashtirish maqsadida;
• Oqsil etishmovchiligi bilan bog'liq jismoniy va ruxiy charchoqda;
• Matabolik alkalozda;
• Giperammoniemiya 1 va 2 turlarida;
• Argininosuktsiasiduriya va N-atsetilglutamatsintetaza etishmovchiligida;
• Oligospermiya
• Spermatozoidlar xarakatchanligining buzilishi
• Ayollardagi bepushtligida
• Bundan tashqari ichak mikroflorasini buzilishida profilaktika va mikroflorani normallashtirish uchun.
Foydalanish bo'yicha tavsiyalar
1 ta sashe-paketni 1 stakan (200-300 ml) iliq qaynatilgan suvda eritiladi. Kuniga1 maxal 1 ta sashe - paketdan ichish tavsiya etiladi. Qabul qilish muddati 1 oy.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Vositaga yuqori sezuvchanlik,
Uglevodlar almashinuvining buzilishi.
BFQ, dori hisoblanmaydi.
Chiqarilish shakli: “Arlev neo" vositasi 5 g hajmdagi sashe-paketlarga qadoqlangan va 20 donadan kartondan tayyorlangan penallarga joylashtiriladi.
Saqlash sharoiti va yaroqlilik muddati^
Vosita quruq, qorong'i joyda, + 20° C dan yuqori bo'lmagan haroratda va nisbiy namlik 75% dan yuqori bo'lmagan joyda saqlanadi. Yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan kundan boshlab 2 yil.
Ishlab chiqaruvchi: "NATUREX" MCHJ, O’zbekiston Respublikasi,100069,Toshkent shahri Olmazor tumani,Yangi Olmazor ko’chasi,51.
"ASHA PHARMA" MCHJ uchun ishlab chiqarilgan